Ronaldo mashhur klubni sotib oldi

  • 19.12.2021 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliya futbolining yorqin namoyandasi Ronaldo o‘zi faoliyatini boshlagan “Kruzeyro” xo‘jayiniga aylandi.

45 yoshli sobiq hujumchi 1993-1994 yillar davomida “Kruzeyro”da 34 ta uchrashuvda qatnashib, 34 o‘z hisobiga 34 ta gol yozdirib qo‘ygan. Keyin iste’dodli to‘purar Evropaga otlandi va “ko‘hna qit’a”da PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real” va “Milan”da to‘p tepdi.

Yurtiga qaytgan Ronaldo faoliyatini 2011 yili “Korintians”da yakunladi.

Ronaldo 2018 yili 30 million evroga Ispaniyaning “Valyadolid” jamoasini ham sotib olgan va hozirgacha klub xo‘jayini hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!