Ronaldo Xavi va "Barselona"ni maqtadi

  • 22.03.2022 17:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik Ronaldo Nazario "Barselona"ning ayni damdagi holati borasida fikr bildirdi. 

"Barsa"dagi vaziyat so‘nggi inqirozdan keyin ancha yaxshilandi. Xavi kelishi bilanoq holat sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgardi. 

Men ajoyib, juda tajovuzkor, vertikal hujumkor va yaxshi pressing qila oladigan jamoani ko‘ryapman. Bularning barchasi "ko‘k-anorranglilar"ning an’anaviy darajasi. 

Futbol odamlar o‘ylaganchalik oson emas. Kiyinish xonasini boshqarish va odamlar ustida nazorat o‘rnatish qiyin. Shu nuqtai nazardan olib qarasak, Xavi ajoyib ish qilyapti", - dedi cobiq "Barselona" futbolchisi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!