
Ronaldu 99 qavatli mehmonxonada yashaydi
Krishtianu Ronalduning "Al-Nassr"ga o‘tganidan so‘ng qaerda yashashi ma’lum bo‘ldi.
"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, portugaliyalik forvard 99 qavatli "Kingdom Tower" mehmonxonasida yashaydi. U oilasi, do‘stlari hamda qo‘riqchilari uchun 17 ta xonani band qilgan.
Krishtianu o‘zi uchun eng yaxshi xonalardan birini tanladi. Ronaldu ushbu xonalarni 1 oy muddatga ijaraga oldi.
Taxminlarga ko‘ra, Ronaldu uchun mehmonhana ijarasi 250 ming funt sterlingdan qimmatroqqa tushadi.
Fikrlar