Ronaldu Amorimni xursand qildi
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
- Ruben Amorimga qiyin bo‘lishini bilaman. “Manchester Yunayted”da hozir bo‘ron, dovul bo‘lyapti. Bu qachondir tugaydi va quyoshli kunlar ham boshlanadi. Hammasi yaxshi kechishi uchun duodaman.
“Manchester Yunayted”ning ishlari yurishib ketishiga umid qilaman. Men hamon bu klubni chin dildan yaxshi ko‘raman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Ruben Amorim 1 noyabr kuni “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshladi. Biroq uning qo‘l ostida hali manchesterliklar muxlislar kutayotgan o‘yin va natijalarni ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar