Ronaldу “An-Nasr” bilan shartnomanі bekor qilmoqchi

  • 04.02.2026 15:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdagi vaziyatdan hafsalasi pir bo‘ldi va shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida. Manbaga ko‘ra, Ronaldu "An-Nasr"dagi ta'siri pasayganini, asosiy qarorlarni qabul qilishda uning fikri ahamiyatga ega emasligini ta'kidlamoqda.

Avvalroq, Krishtianu Saudiya klubida o‘zini baxtsiz his qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ronaldu "An-Nasr" safida 2023 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali "Real", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Sporting" klublarida to‘p surgan hujumchining transfer narxini 12 mln yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!