Ronaldу “An-Nasr”da ketish va faoliyatini yakunlashga qaror qildi

  • 26.01.2026 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ni tark etish va futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha,  fevralda 41 yoshni qarshi oladigan futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirmaydi va 2027 yil yozida karerasini tugatganini rasmiy e’lon qiladi.

Manbaga ko‘ra, “An-Nasr” rahbariyati Ronalduni kamida yana bir mavsumga qoldirishga urinib ko‘radi. Agar buning imkoni bo‘lmasa, klub uni Saudiya Arabistonida saqlab qolish maqsadida qo‘shma mulkchilikdagi ulushini 15 foizgacha oshirishni taklif qilishga tayyor.

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi bekor bo‘lgach, 2023 yilning boshida erkin agent sifatida “An-Nasr” bilan shartnoma imzolagan. Hozirgacha u klub safida 125 ta o‘yinda ishtirok etib, 110 ta gol urgan va 22 ta golli uzatma bergan.

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, Transfermarkt esa uni 12 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!