Ronaldу boykotdan keyin dahshatli rekordini yangiladi

  • 15.02.2026 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbariyati transfer siyosatiga qarshi o‘tkazgan boykotidan keyin liganing 22-turida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Yaqinda 41 yoshga to‘lgan portugaliyalik futbolchi “Al-Fateh” maydoni bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq jamoadoshi Sadio Mane uzatgan to‘pni darvoza toriga joylab, hisobni ochdi va jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Bu gol Ronaldu uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Besh karra “Oltin to‘p” sohibi professional faoliyati davomida kiritgan to‘plari sonini 962 taga yetkazib oldi.

Ushbu ko‘rsatkich jahon rekordi hisoblanadi. Futbol jamoatchiligi Ronaldudan gol urish bo‘yicha minglik marrani qachon zabt etishini kutmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!