Ronald boykotdan keyin fikr bildirdi

  • 15.02.2026 08:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” tarkibida uchta uchrashuvni boykot tufayli o‘tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Professional ligasining 22-turida “Al-Fateh”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.

41 yoshli futbolchi safar uchrashuvida gol urib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Professional faoliyatidagi gollari sonini 962 taga yetkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan portugaliyalik yulduz uchrashuvga munosabat bildirdi.

Krishtianu Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni qoldirdi.

- Oldinga tashlangan yana bir qadam. Keling, davom ettiramiz, - deb yozdi Ranaldu.

Ushbu g‘alabadan keyin “An-Nasr” ochkolari sonini 52 taga yetkazib, musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Ronaldu jamoasi peshqadam “Al-Hilol”dan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Ronalduning o‘zi joriy mavsumda Pro-ligada 19 ta o‘yinda ishtirok etdi, ularda 18 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!