Ronaldu: Bu o‘yinchi avjiga chiqmoqda
Eng yorqin davrlarini “Real”da o‘tkazgan Krishtianu Ronaldu hozir madridliklar sharafini himoya qilayotgan angliyalik hujumkor futbolchi Jud Bellingem haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jud Bellingem yuqori salohiyat va katta iste’dod sohibi. U xuddi Eduardo Kamavinga, Rodrigo Goes va Vinisius Junior kabi o‘sib bormoqda.
Bellingem o‘zini eng baland chkqqiga olib chiqadigan jamoa vakili hisoblanadi. Jud hali barcha davrlarning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri bo‘ladi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
21 yoshli futbolchi o‘tgan yili yozda “Borussiya Dortmund”dan “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tgandi. Madriddagi debyut mavsumida 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar