Ronaldu “dahshatli rekordi”dan keyin yig‘latadigan gaplar aytdi

  • 01.10.2024 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo elit Chempionlar ligasi doirasida “An-Nasr” futbolchilari Qatarning “Ar-Rayan” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Saudiyaliklarga g‘alaba keltirgan gollarga ikki mashhur yulduz – Sadio Mane va Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

Kiritilgan to‘p portugaliyalik hujumchi uchun faoliyatidagi 904-gol bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi. Ronaldu bu golini otasi xotirasiga bag‘ishladi. 

- Bugungi golning mazasi boshqacha. Men otamning hayot bo‘lishini istardim, chunki bugun uning tug‘ilgan kuni, - dedi 39 yoshli yulduz.

Ronalduning otasi Joze Diniy Aveyru 2005 yilning 7 sentyabrida 52 yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi. Agar u tirik bo‘lganida, 30 sentbyar kuni 71 ga to‘lgan bo‘lardi.

Krishtianu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi hisoblanadi. Bundan buyog‘iga uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.

Krishtianu Ronaldu “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta gol urgan. “An-Nasr”ga kelganidan beri raqiblar darvozasini 71 marta ishg‘ol qildi.

Bundan tashqari, uning hisobda Portugaliya terma jamoasidagi 132 ta gol ham bor.

Ronaldu jahonning, terma jamoalarning, Evropa chempionatlarining, Evropa Chempionlar ligasining va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
01/10/2024 18:33
1000taga boradi