
Ronaldu hamma rejani chippakka chiqardi
“Arsenal”ning sobiq hujumchisi Pol Merson “Manchester Yunayted” rahbariyati norvegiyalik bosh murabbiy Ule-Gunner Sulsherni iste’foga chiqarishida Krishtianu Ronalduning aybi borligini iddao qilmoqda.
- Sulsherning aniq rejasi bor edi. Aynan shu reja asosida jamoa o‘tgan mavsumda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sulsher uzoq vaqt mobaynida Jeydon Sanchoning transferiga erishishga harakat qildi. Edinson Kavanini ham yana bir yilga olib qoldi. Keyin unga Ronalduni ro‘baro‘ qilishdi va aniq reja chippakka chiqdi. Bundan “Manchester Yunayted” zo‘r bo‘lib qolgani yo‘q, - dedi Pol Merson.
Krishtianu Ronaldu mavsum oldidan “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Garchi Pol Merson uni tanqid qilayotgan bo‘lsa-da, portugaliyalik yulduz premer-ligada to‘qqizta uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Chempionlar ligasida esa manchesterliklar uchun beshta bahsda oltita to‘p kiritdi.
Fikrlar