Ronaldu ishdan haydalgan murabbiyiga darrov murojaat yo‘lladi

  • 17.09.2024 22:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” rahbariyati jamoaga bir yildan ortiqroq murabbiylik qilgan portugaliyalik mutaxassis Luish Kashtruni iste’foga chiqardi.

Bu mutaxassis jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi munosabatga ega edi. U ishdan olinganidan keyin Krishtianu Ronaldu Kashtruga murojaat yo‘lladi.

- Hammasi uchun rahmat, mister, - deb yozdi minnatdorligini bildirdi 39 yoshli to‘purar va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga murabbiy bilan tushgan suratini joyladi.

63 yoshli Kashtru jamoaga 2023 yilning iyul oyida bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida riyodliklar jami 54 ta uchrashuvda ishtirok etib, 36 ta g‘alaba, to‘qqiztadan durang va mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!