Ronaldu kurashayotgan pallada Messi maydonda uyalmay yuribdi!

  • 25.11.2021 17:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rafael van der Vart PSJ yulduzi Lionel Messini tanqid qildi.

- Lionel Messi g‘azabimni qo‘zityapti. Bu iroda masalasi. Sen yoki futbol o‘ynashni istaysan, yoki yo‘q. Messiga talabga katta. Agar u gol urmasa, assist qilmasa, demak yomon o‘ynagan hisoblanadi.

Masalan, Krishtianu Ronalduni olaylik. Bu ikkisi boshqa-boshqa tipdagi futbolchi bo‘lsada, ularni solishtiramiz. Ronaldu doim kurashadi va jamoasini yangi bosqichga ko‘tarishga tirishadi. Messi bu pallada maydonda yurgan bo‘ladi. “Sen uyalmaysanmi?”, - degim keladi.

Messidan xafa bo‘lib ketaman. Bu Kuman davridan beri davom etyapti. Mashg‘ulotlardan bosh tortish, Messi darajasidagi futbolchiga yarashmaydi. Chunki bunaqa futbolchi boshqa tug‘ilmaydi, - dedi Rafael van der Vart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farrukh Ergashev
25/11/2021 17:32
Butun Dunyo Tan olishi keram bu ikki maxoratli futbolchi orasida haqiqiy qirol kim ekanini . Ronaldu qaysi jamoaga o'tsa ham qo'rqamay o'z maqsadidan qaytmayapti va yuqori natijani qayt etyapti . Messi esa faqatgina Barcelonada yulduz bo'ldi va bu yulduzlikni unga faqatgina Barcelonadagilarni yordami bilan erishdi .
Rais Buva
26/11/2021 00:30
Messi messi qilgan barselona .
Messi agar zur bulganda CR7 dek borgan joyini gullatardi.
Mana kurdik messini axvolini.