Ronaldu “Manchester Yunayted” ortidan “pichoq urdi”
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu nega “Manchester Yunayted”ni tark etish istagi haqida kech e’lon qilgani sababi ma’lum bo‘ldi. “The Sun” nashri xabariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi bonus pulini olish uchun shunday yo‘l tutgan.
Gap shundaki, KriRoning “qizil iblislar” bilan tuzilgan shartnomasida futbolchi bir million evro miqdorida bonus olishi haqida band bor. Ushbu summa iyul oyining boshida to‘lanishi kerak edi. Shu bois, Ronaldu pul mukofotini qo‘ldan boy bermaslik uchun o‘z qarorini ma’lum qilishga shoshilmadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchiga "Bavariya", "Chelsi", PSJ va "Barselona" da’vogarlik qilmoqda.
Krishtianu "Yunayted"ning mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormoqda. “Qizil iblislar” shu oyda Tailand va Avstaliyada yig‘in o‘tkazadi.

Fikrlar