Ronaldu “Manchester Yunayted”ni xursand qildi

  • 23.04.2021 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni qaytarishga qaror qilgani va buni amalga oshirish uchun uning agenti Jorje Mendesh bilan muzokara boshlagani haqida xabar qilgan edik.

Italiya matbuotining yozishicha, Ronaldu yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor va manchesterliklar safiga qo‘shilish uchun maoshining uchdan biridan voz kechishga rozilik bergan. Ma’lumotlarga qaraganda, Turin klubidan yiliga 31 million evro olayotgan portugaliyalik hujumchi “Manchester Yunayted”dan 20 million evro atrofida xizmat haqi so‘ramoqda.

Ronaldu 2003-2009 yillar “Manchester Yunayted” sharafini muvaffaqiyatli himoya qilib, bu klub bilan o‘zi qatnashgan deyarli barcha turnirlarda zafar quchgan. Keyin g‘alabali yurishini “Real”da davom ettirdi. 2018 yili “Yuventus” safiga qo‘shilganidan beri xalqaro miqyosda biror sovringa ega chiqqani yo‘q.

Futbol tarixda rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan Ronaldu faoliyatini tugatishdan oldin kamida bir marta Evropa Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra ko‘tarmoqchiligini yashirmayapti.

“Manchester Yunayted”ga zudlik bilan Ronaldu kerak. U taklifni qabul qildimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!