Ronaldu masalasi qachon hal bo‘ladi?
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hamon mavhumligicha qolmoqda. Turin klubi vitse-prezidenti Pavel Nedved portugaliyalik hujumchining ketishi haqidagi xabarlarga munobasat bildirdi.
- Ronalduning yaqinlaridan hech biri futbolchi Turindan ketmoqchiligini aytgani yo‘q. Shaxsan men uni “Yuventus”da kutyapman. Hozir Krishtianu ta’tildi va 25 iyul kuni klubga keladi, - dedi Nedved.
Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining agenti Jorje Mendesh klubning yangi sport direktori Federiko Kerubini bilan uchrashib, mijozining kelajagini muhokama qilishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi.

Fikrlar