Ronaldu: Men “Manchester Yunayted”ni qutqarish yo‘lini bilaman, lekin aytmayman!

  • 13 yanvar, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasida sovrinli o‘rinlardan biriga ilina olmayotganidan noroziligini yashirmayapti.

Man “Manchester Yunayted”ning mentaliteti kuchli uchlikdan tashqarida bo‘lishini hazm qila olmayapman. Nimadir yaxshi narsa barpo etish uchun avvalgisini buzishga to‘g‘ri keladi. Yangi yil boshlandi, yangi hayotga ham qadam tashlash kerak.

“Manchester Yunayted” muxlislar kutayotgan darajaga chiqishi kerak. Ishqibozlar bunga munosib. Hozir nimalarnidir o‘zgartirishga qodirmiz. Men nima qilishni bilaman, lekin buni aytmayman. Aytsam, murabbiylarga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi.

“Manchester Yunayted” hamma narsani o‘zgartirishi kerak. Men bu yorga oltinchi, ettinchi yoki beshinchi o‘rinni egallash uchun kelmaganman. Bu erga kurashish va raqobatlashish uchun keldim. Jamoa zo‘r bo‘lishi uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tishi kerak, - dedi Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!