
“Ronaldu meni sharmanda qildi!”
“Atalanta”ning 26 yoshli germaniyalik himoyachisi Robin Gosens “Yuventus” yulduzi Krishianu Ronaldu bilan sodir bo‘lgan vaziyat haqida gapirib berdi.
- “Yuventus” bilan o‘yindan keyin men Ronalduning futbolkasini olib, o‘z orzumni amalga oshirmoqchi edim. Hushtak chalinishi bilan, uning oldiga borib “Krishtianu futbolkangni olsam bo‘ladimi?”, deb so‘radim. U menga qarab o‘tirmadi va “Yo‘q!”, deb taklifimni rad etdi.
Men qizardim, uyaldim. O‘zimni zaifdek his qildim. Atrofdagilardan bu sharmandalikni yashirishga harakat qildim, - deydi Gosens.
Fikrlar