Ronaldu oilasi uchun MYuni tark etadi
Yangi yil arafasida Angliya premer-ligasi qizg‘in pallaga kiradi. Boshqa chempionatlar ishtirokchilari dam olayotgan paytdi “tumanli Albion”da deyarli har uch kunda o‘yin o‘tkaziladi.
“Manchester Yunayted” yulduzi Krishtianu Ronaldu yangi yil arafasidagi bellashuvlarda ishtirok eta olmasligi mumkin. Portugaliyalik to‘purar yangi yil bayramini oilasi bilan o‘z yurtida nishonlashni istamoqda.
Qolaversa, 31 dekabr kuni futbolchining onasi Dolores xonim o‘z tavallud ayyomini nishonlaydi va Krishtianu shu kuni uning yonida bo‘lishni rejalashtirgan.
Agar klub rahbariyati Ronalduning ketishiga izn bersa, jamoa to‘purari 30 dekabrda “Byornli” va 3 yanvarda “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar