Ronaldu: Ona, mening o‘yinlarimga kelmang!
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu onasi Dolores xonimning muhim o‘yinlarga nega tashrif buyurmasligini ochiqladi.
- Hozircha, onamga katta o‘yinlarni bevosita tomosha qilishiga ruxsat bermaymiz. Men onamga: “Otam yo‘q, sizni ham yo‘qotishni istamayman, shuning uchun chorak final, yarim final va finallarni tomosha qilmaymiz”, - deyman. Onam stadionda ikki marta hushidan ketib qolgan. U ba’zan qatti asabiylashadi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu futbolchi sifatida Portugaliya, Angliya va Italiya chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p tepib kelmoqda. U kuchli beshlik chempionatlaridan uchtasida 100 tadan ortiq gol urgan yagona hujumchi hisoblanadi.

Fikrlar