Ronaldu: Portugaliya — JCh-2022 musobaqasidagi eng yaxshi jamoa

  • 21 noyabr, 2022, 15:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi ambitsiyalari haqida gapirdi.

“Menimcha, Portugaliya bu jahon chempionatidagi eng yaxshi jamoa. Lekin biz buni maydonda ham isbotlashimiz kerak”, - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi "The Guardian" nashri.

Krishtianuning fikricha, Fernando Santush jamoasida ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Shu bois, hech narsa, hatto yaqinda Ronaldu bergan shov-shuvli intervyu ham ularning kayfiyatiga ta’sir o‘tkazmaydi.

Portugaliya terma jamoalari guruh bosqichida Gana, Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Afrika qit’asi vakiliga qarshi birinchi o‘yin 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!