Ronaldu qamchini qattiqroq bos, Messi senga etvoldi!
Qatardagi jahon chempionati so‘nggi yillarning eng buyuk ikki futbolchisi – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu uchun oxirgisi bo‘ladi.
Bu ikki yulduzning o‘zaro raqobati Osiyo maydonlarida ham davom etmoqda.
Bu galgi jahon chempionati Argentina terma jamoasi uchun kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshlandi. Saudiya Arabistoni futbolchilari Messi boshchiligidagi yulduzni tarkibni 2:1 hisobida engdi.
Argentinaliklarni quvontirgan yagona voqea Lionel Messi jahon chempionatlaridagi navbatdagi golini nishonlagani bo‘ldi. 35 yoshli futbolchi mundiallardagi 20-uchrashuvida penaltidan to‘p kiritib, musobaqadagi umumiy to‘plari sonini ettitga etkazdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi Krishtianu Ronalduga etib oldi. Portugaliyalik yulduz jahon chempionatlarida 17 ta uchrashuvda ettita gol urgan.

Fikrlar