Ronaldu sardorlik bog‘ichini tortib olmoqchi

  • 18.02.2022 19:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Daily Mail nashrining xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” o‘yinchilariga sardorlik qilmoqchi. 37 yoshli futbolchi jamoadoshi Harri Maguayrdan sardorlik bog‘ichini olmoqchi ekani aytilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Ronaldu va Maguayr bu borada o‘zaro suhbatlashgan. Maguayr mavsum oxiriga qadar sardorlik vakolatlarini o‘zida saqlab qolishga qaror qildi.

Bosh murabbiy Ralf Rangnik sardorlik bog‘ichini Ronaldu olishi tarafdori. U shu tariqa, Harri Maguayrni ortiqcha bosimdan himoya qilmoqchi bo‘lyapti.

Avvalroq, angliyalik o‘yinchilar portugaliyalik yulduzning xatti-harakatlaridan norozi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!