Ronaldу sarmoyasidan keyin "Almeriya" Ispaniyaning eng ommabop klublaridan biriga aylandi
Ispaniyaning "Almeriya" klubi "An-Nasr" hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaga sarmoya kiritganidan keyin mamlakatdagi eng mashhur klublardan biriga aylandi.
Ma'lum qilinishicha, Ronaldu Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan klub aksiyalarining 25 foizini sotib olganidan so‘ng jamoaning ommaviyligi keskin oshgan. Natijada "Almeriya" auditoriya qamrovi bo‘yicha La Ligadagi ko‘plab klublarni ortda qoldirib, mashhur ijtimoiy tarmoqda Ispaniyaning eng ommabop besh klubi qatoriga kirdi.
Ronalduning klubga qo‘shilishi katta media shov-shuvga sabab bo‘ldi va jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ko‘plab yangi obunachilar qo‘shildi. Hozirgi vaqtda "Almeriya" obunachilar soni bo‘yicha ispan klublari orasida 5-o‘rinni egallab turibdi. To‘liq reyting bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin
"Real Madrid" — 181 mln obunachi
"Barselona" — 147 mln obunachi
"Atletiko" — 18 mln obunachi
"Sevilya" — 3,6 mln obunachi
"Almeriya" — 3,2 mln obunachi
Fikrlar