Ronaldu takrorlanmas rekordini yangilab qo‘ydi

  • 27 sentabr, 2024, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Professional ligasida navbatdagi golini urdi.

Poytaxtliklar chempionatning beshinchi turida Makka shahrining “Al-Vahda” jamoasi bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

“An-Nasr”ning ikkinchi golini 39 yoshli portugaliyalik to‘purar penaltidan urdi. Bu Ronalduning professional faoliyatidagi 903-gol sifatida qayd etildi.

Krishtianu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi hisoblanadi. Bundan buyog‘iga uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.

Krishtianu Ronaldu “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta gol urgan. “An-Nasr”ga kelganidan beri raqiblar darvozasini 70 marta ishg‘ol qildi.

Bundan tashqari, uning hisobda Portugaliya terma jamoasidagi 132 ta gol ham bor.

Ronaldu jahonning, terma jamoalarning, Evropa chempionatlarining, Evropa Chempionlar ligasining va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!