Ronald: Talablarim bajarilmasa, Saudiya dan ketaman!
Kriştianu Ronaldu Professional liga va o‘zi o‘ynayotgan “An-Nasr”dagi vaziyatdan juda qattiq noroziligini bildirdi va Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasi rahbariyatiga ultimatum qo‘ydi.
Bu haqida MBC xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi klubning transfer siyosatidagi holatdan ko‘ngli qolgan va amaldorlar qasddan “An-Nasr”ni kuchaytirmayapti, barcha resurslarni chempionlik unvonini ta’minlash maqsadida “Al-Hilol”ni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirayapti, deb hisoblaydi.
Ronaldu bunday vaziyatga ko‘nikishni istamasligini ochiq-oydin bildirgan va keyingi transfer oynasida o‘zgarishlar bo‘lishini talab qilgan. Aks holda, u Saudiya Arabistonini tark etishga tayyor.
- Agar yozdagi transferlar oynasida talablarim bajarilmasa, men ketaman, - dedi Kriştianu Ronaldu.
Qayd etilishicha, Ronalduning “An-Nasr”da faoliyatini davom ettirishi uchun asosiy shart – jamoa tarkibining haqiqiy kuchaytirilishi va jamg‘arma rahbariyati tomonidan klublarga nisbatan teng munosabatda bo‘lishdir.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi o‘z klubining ikki uchrashuvini boykot qilgan edi. Bu Saudiya Arabistoni Professional ligasiga katta iqtisodiy ziyon keltirgani aytildi.
Fikrlar