Ronaldu tarixiy gol bilan katta rekordni yangiladi

  • 09.09.2024 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu xalqaro maydonda ham gol urishda davom etmoqda. 39 yoshli yulduz Portugaliya terma jamoasi safida Shotlandiya darvozasini ishg‘ol qildi.

Millatlar ligasi doirasida avvalgi turda 900-golini kiritgan Ronaldu endi bu dovonni ham oshib o‘tdi.

88-daqiqada aniq zarba bilan portugaliyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’kinlagan forvard barcha rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 901 taga etkazib oldi. Bu rekord natija hisoblanadi.  

Ronaldu klublar miqyosida “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450, “Yuventus”da 101 ta va “An-Nasr”da 68 ta to‘p kiritgan.

2003 yildan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchi xalqaro maydonda 214 ta o‘yindagi golli sonini 132 taga etkazib oldi. Ronaldu terma jamoadagi o‘yinlar va gollar soni bo‘yicha ham mutlaq rekordchidir

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!