Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi yozgi transferlar oynasida MYu futbolchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni rejalashtirmoqda. Parijliklar portugalni yozda ketishi kutilayotgan Mbappe o‘rniga harid qilmoqchi. 

"90min" nashriga ko‘ra, yangi mavsumdan muxlislar Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rishlari mumkin. Buning uchun PSJ egalari barcha narsaga tayyor.

Krishtianuning ham "Manchester Yunayted" bu mavsum EChLga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, jamoadan ketishi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda. "Qizil iblislar" rahbariyati hozircha bu haqda hech qanday fikr bildirmadi.

Ma’lumot o‘rnida, mavsum boshida Lionel Messi PSJ, Krishtianu Ronaldu esa MYu a’zosiga aylangandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!