
Ronaldu va Messi yana to‘qnash keladigan o‘yin sanasi e’lon qilindi
Jahon futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi yana maydonda to‘qnash kelishi mumkin.
Gap shundaki, "Pari Sen-Jermen" 18-19 yanvar kunlari Doha hamda Ar-Riyod shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Parijliklar yig‘in doirasida "Al-Hilol" va "Al-Nassr" futbolchilaridan iborat yulduzli terma jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Bellashuv 19 yanvar sanasida "Qirol Fahd" stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinda Krishtianu hamda Leo yana bir-biriga qarshi harakat qilishi ehtimoli yuqori.
Ularning so‘nggi to‘qnashuvi 2020 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Ronaldu "Yuventus" tarkibida Messi etakchiligidagi "Barselona"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan.
Fikrlar