Ronaldu: Yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik!

  • 21 sentabr, 2024, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” klubining markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 4-turi doirasidan o‘rin olgan “Al-Ittifoq”ga qarshi bahsda qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

39 yoshli portugaliyalik futbolchi shu kuni belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

“Ajoyib jamoaviy o‘yin! Yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bu g‘alaba muxlislarimiz uchun”, - deya xabar qoldirdi Krishtianu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

“An-Nasr” o‘tgan to‘rt tur yakunlariga ko‘ra sakkiz ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Ronaldu to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!