Ronaldu "Yuventus" bilan maxfiy shartnoma imzolaganmi?

  • 17.01.2023 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” bilan koronavirus pandemiyasi tufayli kechiktirilgan 19 million evro maoshni kafolatlovchi maxfiy shartnoma imzolamagan. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

“Bu bo‘yicha shaxsiy shartnoma bor, lekin Ronaldu uni hech qachon imzolamagan. Buni faqat "Yuventus" imzolagan", - dedi ismi sir qolishini istagan portugaliyalik futbolchiga yaqin advokat.

Nega Krishtianu bu shartnomani imzolamagani so‘ralganda, advokat shunday javob berdi: "Chunki unga to‘g‘ri maslahat berilgan".

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2018-2021 yillarda "Yuventus" sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng "Manchester Yunayted"ga qaytgandi. Ayni damda esa Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!