Ronaldu zo‘rligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kuchli beshlik chempionatlarining 2020 yildani eng yaxshi to‘purari nomini o‘zida saqlab turibdi. Ayni paytda portugaliyalik futbolchining hisobida 31 ta uchrashuvda kiritilgan 35 ta gol bor.
Ikkinchi o‘rinda turgan Robert Levandovski hisobida ham 35 ta aniq zarba bor. Biroq, “Bavariya2 hujumchisi “Yuventus”dagi hamkasbidan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan.
Kelajak to‘purari Erling Xoland kuchli uchlikdan joy oldi. “Borussiya” hujumchisi bu yil raqiblar darvozasini 31 marotaba aniq nishonga oldi.
Ronalduning doimiy raqobatchasi Lionel Messi bu gal raqobatga dosh berolmayapti. Argentinalik hujumchi joriy yil hisobidan 20 ta gol bilan to‘qqizinchi o‘ringa tushib qolgan.

Fikrlar