
Ronaldudan oyni olib berishni talab qila boshlashdi!
Italiya futbolining afsonaviy darvozaboni Dino Dzoff o‘zining sobiq jamoasi – “Yuventus”da o‘ynagan Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga o‘tganiga munosabat bildirdi.
- Ronalduga to‘xtalganda, gap uning qarorlariga tegishli ekanini inobatga olish kerak. Chempionlar o‘zi qaror qabul qilishi odatiy hol.
Haqiqatga tik qaraylik, Ronalduning bir o‘zi hamma narsani hal qila olmaydi. Klubdagilar undan oyni olib berishni talab qila boshladi va o‘zlari shunga ishonib qoldi. Ronaldu ham hamma kabi oddiy odam, - dedi Dino Dzoff.
Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da o‘ynagan davrda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. U jami 134 ta uchrashuvda qatnashib, 101 gol va 22 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Portugaliyalik to‘purar Turinda beshta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, jamoani Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini sari etaklay olmagani uchun ko‘p tanqid qilingan edi.
Fikrlar