
Ronaldudan yuz o‘girishdi!
APL 32-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Bahs yakunida manchesterliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu suratga tushishni so‘ragan muxlisning telefonini erga uloqtirib yubordi.
Buyuk Britaniyada joylashgan va butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi "Save the Children" xalqaro tashkiloti portugaliyalik futbolchidan yuz o‘girdi. Endi Ronaldu ularning rasmiy elchilaridan biri emas. U 2013 yildan beri bu vazifani bajarib kelardi.
Ronaldu shuningdek, UNICEFning Portugaliyadagi rasmiy vakili hisoblanadi. BMT shafeligida faoliyat yuritayotgan tashkilot futbolchining bu lavozimda qolish yoki qolmasligi borasida izoh berishdan bosh tortdi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli hujumchi o‘z "Instagram" sahifasi orqali 14 yoshli bolakaydan uzr so‘rab chiqqandi.
Fikrlar