Ronaldudan zo‘rini olib kelamiz
“Chelsi” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Portugaliyaning yangi yulduzi – Gonsalu Ramushni transfer qilmoqchi.
21 yoshli hujumchi Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida Shveytsariya terma jamoasi darvozini uch marotaba ishg‘ol qilganidan keyin grand klublar e’tiboriga tushdi. Ayrim mutaxassislar bu to‘purarning iqtidorini Krishtianu Ronaldunikidan ustun, deb hisoblamoqda.
“Chelsi” rahbariyati kutilgan samaradorlikni qayd eta olmayotgan Per-Emerik Obameyang va jarohat tufayli safdan chiqqan Armando Broyya o‘rniga aynan Ramushni olib kelishni rejalashtiryapti.
“Benfika” bilan 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomaga ega forvardning transfer summasi 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar