Ronalduga "Barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi" mukofotini topshirildi

  • 11 sentabr, 10:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya ligasi Krishtianu Ronalduga "Barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi" mukofotini topshirdi.

40 yoshli hujumchi marosimda qatnashmadi, ammo mukofot bilan videomurojaat yozib qoldirdi. 

Tecno

- Salom! Portugaliya ligasiga "Barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi" mukofoti uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘zingiz tasavvur qilganingizdek, vatanimga shunday yutuq keltirish men uchun katta sharaf.

Eng avvalo, ushbu ajoyib mukofotga erishish yo‘lida menga yordam bergan barcha jamoadoshlarimga tashakkur aytmoqchiman. Murabbiylarimga va bu yo‘lda meni doimo takomillashishga undab, qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorman. Hammangizga katta rahmat, - dedi Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!