
Ronalduga hech kim eta olmadi!
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionati to‘purari bo‘ldi.
Tajribali futbolchi musobaqa davomida raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi. Xuddi shu natijani Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shik ham qayd etdi.
Biroq, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, sovrin Ronalduga nasib qildi.
Krishtianu Patrikdan farqli ravishda gol urishdan tashqari jamoadoshiga bitta assistni ham amalga oshirdi. Qolaversa, portugaliyalik yulduz maydonda raqobatchisidan kamroq vaqt o‘tkazgan. U jami 360 daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa, Patrik Shik 404 daqiqa o‘ynadi.
Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu qit’a chempionati davomida terma jamoa uchun urgan gollari sonini 109 taga etkazib, jahon rekordchisi Ali Dayi bilan tenglashib oldi. Agar portugaliyalik hujumchi mamlakati bosh jamoasi tarkibida yana bitta to‘p kiritsa, rasman jahon rekordini yangilaydi.
Fikrlar