Ronalduga mavjud bo‘lmagan rekord yozildi

  • 12.04.2026 11:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

11 aprel kuni Krishtianu Ronalduning "Al-Ahdud" darvozasiga kiritgan golidan so‘ng bir qator ommaviy axborot vositalari portugaliyalik futbolchi "An-Nasr" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangani haqidagi xabarni e’lon qildi. Ronaldu barcha musobaqalarda 124 ta, Muhammad Al-Sahlaviy esa 123 ta gol urgan.

"Transfermarkt" sayti ma’lumotlariga tayansak, Ronaldu haqiqatan ham yetakchi hisoblanadi, biroq bu yerda bir muhim jihatni ta’kidlash joizki, ushbu portalning ma’lumotlar bazasi, qanchalik nufuzli bo‘lmasin, Saudiya ligasi tarixi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydi.

Muqobil manbalarga ko‘ra, "An-Nasr" uchun gollar bo‘yicha birinchi o‘rin Majid Abdullaga tegishli va to‘purarlik maqomi aynan unda ancha vaqt qoladi. Bundan tashqari, “Arab Pele”si terma jamoa bombardiri hisoblanadi (117 o‘yinda 72 gol).

Majid birgina Saudiya Arabistoni chempionatida 189 ta gol urgan bo‘lsa, kubok turnirlari va Osiyo klublari musobaqalarini hisobga olsak, bu raqam 259 taga yetadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!