Ronalduga yo‘l bo‘lsin! Messi bu ishni uddalagan birinchi futbolchi bo‘ldi

  • 09.11.2025 10:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MLS pley-off bosqichining nimchorak finalida “Inter Mayami” futbolchilari “Neshvill” qarshiligini engib o‘tdi.

Dastlabki ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, vaziyat 1:1 hisobi bo‘lib turgandi. Tomonlarning uchinchi uchrashuvida Lionel Messi katta sahnaga chiqdi.

38 yoshli yulduz “Neshvill” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, bitta assist qayd etdi va jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Bu bahs argentinalik yulduz uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Messi futbol tarixida assistlari sonini 400 taga etkazgan birinchi va hozircha yagona o‘yinchisi aylandi.

Leo eng ko‘p assistni faoliyatining katta qismini o‘tkazgan “Barselona”da amalga oshirgan. Kataloniya klubi futbolchilari Messining pasidan keyin 269 ta gol urishgan.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Argentina terma jamoadoshlariga 60 ta holatda gol urishiga ko‘maklashgan. Shuningdek, Messining PSJdagi assistlari soni 34 tani tashkil qilsa, “Inter Mayami”ga kelganidan beri 37 ta samarali pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!