Ronalduni "Barsa"da kutishgandi

  • 1 fevral, 2022, 16:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning tajribali himoyachisi Jerar Pike Krishtianu Ronaldu 2009 yili “Manchester Yunayted”ni tark etganida kataloniyaliklar safiga qo‘shilishga yaqin bo‘lganini ta’kidladi.

Tecno

- Krishtianu madridliklar bilan shartnoma imzolashidan avval “Barselona”ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Xuddi shu holat Vinisius Juniorda ham kuzatilgan, - dedi Jerar Pike.

Ispaniyalik himoyachining o‘zi ham “Barselona”dan oldin “Manchester Yunayted”da o‘ynagan.

Krishtianu Ronaldu “Real” safida 438 ta uchrashuvda 450 ta gol urdi va jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Portugaliyalik yulduz 2018 yili “Yuventus”ga o‘tib, 2021 yilning avgustida yana “Manchester Yunayted” safga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!