Ronalduni emas, Messini tanlayman!
“Barselona”dagi faoliyati bilan futbol tarixida chuqur iz qoldirgan Jerar Pike o‘zi bilan o‘ynagan Lionel Messi va ularning raqobatchisi bo‘lgan Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi.
- Bu ikki buyuk futbolchi o‘rtasidagi kurash so‘nggi o‘n yillikning ajoyib voqealaridan bo‘lgan. Ularning ikkisi ham haqiqatan zo‘r. O‘ylashimcha, talant nuqtani nazaridan Lionel Messi eng zo‘ri. Krishtianu ham raqobatlashish maqsadida juda ko‘p mehnat qilgani bor gap.
Agar ularning faoliyatiga e’tibor qaratsak, men Messini tanlayman. Leo 35 yoshida ham dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lish mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi. Messi buni jahon chempionatida namoyish etgani muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Pike.
Lionel Messi Qatardagi jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Fikrlar