Ronalduni JCh-2026 ga olib bormaslik kerak!

  • 9 iyul, 2024, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Antonio Fonseka Krishtianu Ronalduni Evro-2024dagi o‘yini uchun tanqid qildi, shuningdek, turnirning chorak finalida Frantsiyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.

“Frantsiyaga qarshi o‘yin teng kechdi, ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi. Oxirgi o‘yinlarda gol ura olmaganimizni hisobga olsak, natija Portugaliya uchun adolatli deb o‘ylayman. Ammo bu jamoaning iqtidorini hisobga olib, bu Evroda jamoamizdan ko‘proq narsani kutgandim.

Nazarimda, Krishtianu Ronaldu maksimum aytadigan bo‘lsak, Evropa chempionatini o‘rtacha o‘tkazdi. U JCh-2026 uchun yaxshi variant bo‘ladi deb o‘ylamayman, bizda hujumda boshqa variantlar bor”, - dedi Fonseka Telecomasia.net nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2024 yilgi Evropa chempionatining beshta o‘yinida qatnashib, birorta ham gol urolmadi, faqatgina bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!