Ronalduning "Al-Nassr"da oladigan maoshini so‘mda qanchaga to‘g‘ri kelishini bilasizmi?

  • 31 dekabr, 2022, 15:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu bugun tunda Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lumot bergan edik. 

Uning maoshi borasida ham siz xabardorsiz, albatta! Biz o‘sha raqamlarni o‘zbek so‘miga o‘girib chiqdik va hayratlanarli summaga guvoh bo‘ldik. Marhamat, siz ham quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Uning yillik maoshi - 200 million evro. So‘mda 2 trillion 389 milliard 560 million.

Oyligi - 16 million 670 ming evro. So‘mda 199 milliard 169 million 826 ming.

Haftasiga - 3 million 850 ming evro. So‘mda 45 milliard 999 million 30 ming.

Kuniga - 548 ming evro. So‘mda 6 milliard 547 million 394 ming 400.

Daqiqasiga - 380 evro. So‘mda 4 million 540 ming 164.

Soniyasiga - 6,35 evro. So‘mda 75 ming 868,5 so‘m.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!