
Ronalduning qo‘lidan hech narsa kelmadi!
Ayni paytda “Derbi Kaunti” bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
- Ronalduning transferi foyda keltirdimi? Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, bu savolga “yo‘q”, deb javob beraman. Ha u ko‘p to‘p kiritdi, Chempionlar ligasida muhim gollarni urdi, lekin bularning bari dastlabki bosqichlarda bo‘ldi.
Agar siz klubning kelajagini ko‘zlasangiz, iste’dodli yoshlar, g‘alabalar va sovrinlarga och o‘yinchilar bilan ishlashingiz kerak. Shunda 2-3 yilda “Manchester Yunayted”ni avvalgi darajasiga ko‘tarish mumkin bo‘ladi.
Krishtianu Ronaldu 20 yosh bo‘lganidek o‘ynay olmayapti, futbolda bu oddiy hol. “Manchester Yunayted”ga yosh va g‘alabalarga chanqoq futbolchilar kerak, - dedi Ueyn Runi.
Ronaldu joriy mavsumda 31 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar