Ronalduning rafiqasi: "Endi siz ham noloyiq insonni himoya qilmang"
Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduning Marokashga qarshi uchrashuvda zaxirada qolganini tanqid qildi.
Portugaliya 1/4 final doirasida Marokash bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Krishtianu o‘yinning 51-daqiqadsida maydonga tushdi.
"Bugun do‘stingiz va murabbiyingiz noto‘g‘ri qaror qabul qildi. Siz qattiq hurmat qiladigan va hayrat bilan gapiradigan do‘stingiz. O‘yinga qo‘shilganingizda u hammasi o‘zgarganini ko‘rdi, lekin juda kech edi.
Buyuk futbolchini va jamoaning asosiy qurolini bunday e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasdi. Endi siz ham noloyiq bu insonni himoya qilmang.
Hayot bizga saboq berdi. Bugun biz yutqazmadik, o‘rgandik, Kristiano. Hali yana sizni hayratda qoldiramiz", - dedi Ronalduning rafiqasi.

Fikrlar