
Ronalduning "Real"dagi xet-triklari nechtaga etdi?
Avval xabar berganimizdek kecha Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Real Sosedad”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, shu kuni “qirollik klubi” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 3 bor raqiblari darvozasini aniq nishonga oldi va xet-trik qayd etdi. Bu esa 32 yoshli portugaliyalik futbolchining “Real” safidagi 43-xet-trik bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Real” safida o‘z hisobiga jami 20ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar