
Ronaldusiz MYu "Yang Boyz"ni enga olmadi va boshqa natijalar
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Yang Boyz" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 9-daqiqada Grinvud hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Rider muvozanatni tikladi.
Shunday qilib, mankunialiklar o‘z guruhida 11 ochko to‘plagan holda, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 5 ochkoga ega "Yang Boyz" so‘nggi pog‘onani band etdi.
Fikrlar