Ronaldusiz Portugaliya tarixga kirdi

  • 12.09.2023 12:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasining 2024-yilgi Evropa chempionati saralash bahsida Lyuksemburg ustidan qozonilgan g‘alabasi har ikki jamoa uchun ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Roberto Martines shogirdlari o‘z maydonida kechgan bahsda 9:0 hisobida zafar quchdi. Portugaliya uchun bu g‘alaba tarixdagi eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Portugaliyaliklar bungacha sakkiztadan ko‘p gol farqi bilan g‘alaba qozonishmagan.

Lyuksemburg tarixida to‘rtinchi marta shunday yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va eng yomon natijasini takrorladi. Bungacha “Qizil sherlar” Germaniyaga (1936 yilda) 0:9, Angliyaga esa ikki marta (1960 va 1982) yutqazishgan.

Portugaliya terma jamoasi olti uchrashuvda oltita g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!