Rossiya chempionati. Shomurodov bugundan gol ura boshlaydimi?

  • 08.08.2020 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol

Bugun Rossiya premer-ligasining yangi mavsumi start oladi. Ikki o‘yindan birida Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” safar uchrashuvida “Tambov” mehmoni bo‘ladi.

Yaqindagina yakunlangan chempionatni rostovliklar kuchli beshlikda yakunladi va yangi mavsumda milliy birinchilikdan tashqari, Evropa ligasida to‘p suradigan bo‘ldi. “Tambov” klubi esa yuqori diviziondagi o‘rnini bazo‘r saqlab qoldi.

Rossiya premer-ligasi tarixida “Rostov” va “Tambov” o‘tgan mavsumda to‘qnash kelgan xolos. Har ikki bahsda tambovliklar bir xil 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan.

Bugungi uchrashuv ham keskin va murosasiz o‘tishi kutilmoqda.

Rossiya chempionatini o‘zgacha ishtiyoq bilan kuzatishga shaylangan o‘zbekistonlik futbol muxlislari esa birinchi turdan boshlab, Eldor Shomurodovdan ajoyib o‘yin va gollar kutmoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
08/08/2020 17:38
Элдор 3та урармиди бугун
Шерзодбек Вохидов
08/08/2020 13:22
Eldorni ichi gumbirlabyotibdi tezroq ketey shu yerdan deb xech qanaqa golni oylagani yoq u