Rossiya olimpiyachilari 140 ta BMW avtomobillari bilan taqdirlanadi

CHERY AUTO

Rossiya Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash fondi an’anaviy tarzda Olimpiada sovrindorlarini muntazam ravishda taqdirlab keladi. Buning uchun sportchilarga X4, X5 va X6 BMW avtomobillari modellari xarid qilingan. Bu haqda “Govorit Moskva” radiostantsiya ma’lumot tarqatmoqda.

Tecno

Radiostantsiya tinglovchisi mashina eshiklari va kapotlarida fondning razmiy belgilari turgan avtosalondan video tasvirga olgan. Muallifning tasdiqlashicha, sportchilar uchun 140 BMW avtomobili tayyorlab qo‘yilgan. Pxyonchxanda medalni qo‘lga kiritgan Olimpiyachilarga 28 fevral kuni topshiriladi. Koreyadagi Olimpiya o‘yinlarida Rossiyadan 169 nafar atlet ishtirok etgan.

Qimmat avtomobillar – Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan rossiyaliklar uchun an’anaviy sovg‘a hisoblanadi. Bundan oldin Rio-2016 chempionlari BMW oltin medal uchun BMW X6, kumush – X4, bronza sovrindorlari X3 olgan edi. Sochidagi Olimpiada-2014 sovrindorlariga Mercedes GL, ML va GLK modellari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya termasi Pxenchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlarida 17 medal (2 oltin, 6 kumush va 9 bronza) bilan umumjamoa hisobida 13-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!